Ko'rgazma

EL-YURT DARDINI KUYLAGAN SHOIR — SHUKRULLO 🖥Joriy yilning 2-sentabr ku:ni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxonav   xodimlari ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli adib va madaniyat xodimi Shukrullo Yusupov tavalludining 105 yilligi munosabati bilan “El-yurt dardini kuylagan shoir — Shukrullo” mavzusida ma’naviyat soati tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida Shukrullo Yusupovning sermazmun hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, she’riyati va nasriy asarlarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shoir ijodida Vatanga muhabbat, insoniylik, ezgulik, xalq taqdiri va milliy qadriyatlar kabi yuksak g‘oyalar o‘z ifodasini topgani ta’kidlandi. Ma’naviyat soati davomida ijodkorning hayoti va adabiy merosiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilib, uning asarlari mutolaa qilindi. Tadbir ishtirokchilarda milliy adabiyotimizning yorqin namoyandalaridan biri Shukrullo Yusupovning boy ijodiy merosiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. 📖 Shukrullo ijodi — xalq qalbining dardi, millat ruhining badiiy ifodasidir.