Ko'rgazma

📚2026-yil 3-sentabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “G'alaba " MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholining mutolaa qilishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish hamda kitob va kutubxonaning inson hayotidagi oʻrnini targʻib etish maqsadida “Kitob bilan obod qalblar” nomli kitob koʻrgazmasi va targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida kitobxonlarga turli yoʻnalishlardagi badiiy, maʼrifiy, tarixiy adabiyotlar namoyish etildi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan kitoblar mazmuni haqida ishtirokchilarga maʼlumotlar berilib, ularning qiziqishlari va yoshiga mos adabiyotlarni tanlash boʻyicha tavsiyalar berildi. 🌱 Tadbir jarayonida kitob — inson tafakkurini boyituvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi va maʼnaviy kamolotga yetaklovchi bebaho manba ekanligi taʼkidlandi. Ayniqsa, yoshlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va muntazam kitob oʻqishga ragʻbatlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 🤝 Shuningdek, aholiga axborot-kutubxona markazi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar, kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari hamda yangi adabiyotlardan foydalanish tartibi haqida tushunchalar berildi. 📚 Kitob oʻqigan insonning qalbi obod, tafakkuri teran, dunyoqarashi keng boʻladi.