Koʻchma kutubxona

📚Joriy yilning 3-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumida tashkil etilgan "Namunaviy ko‘chma" kutubxona adabiyotlari almashtirildi. Shuningdek, texnikum o‘quvchilari ishtirokida sayyor tadbir tashkil etilib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi. 📖 Tadbir davomida o‘quvchilarga kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati va mutolaaning inson ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Kitob — bilim manbai, mutolaa esa kamolot sari yo‘l!