Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan “Sog‘lom kelajak — hayot sari bir qadam” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatlikni asrash, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va gigiyena qoidalariga rioya qilish borasida tushunchalarni kengaytirish hamda tibbiy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat. Ko‘rgazmadan sog‘lom turmush tarzi, inson salomatligi, sport va jismoniy tarbiya, to‘g‘ri ovqatlanish, kasalliklarning oldini olish hamda shaxsiy gigiyena mavzulariga oid kitoblar va turli rasmli materiallar o‘rin oldi. Ko‘rgazma orqali kitobxonlarga “Sog‘lom inson — sog‘lom jamiyat” g‘oyasi targ‘ib qilinib, har bir inson o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lishi va sog‘lom hayot tarzini kundalik hayotining ajralmas qismiga aylantirishi lozimligi haqida ma’lumotlar berildi.