Joriy yilning 4-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikum talabalari uchun “Kitob bilan nurli kelajak sari yo‘l” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 📖 Ko‘rgazmadan badiiy, ilmiy-ommabop, ma’naviy-ma’rifiy hamda yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi turli adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati, tafakkuri va bilimini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa uchun adabiyotlar tanladilar.