Joriy yilning 8-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Musiqa va san’at maktabi xodimlari hamkorligida yosh intellektuallarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tafakkurini yanada rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Nima? Qayerda? Qachon?” shiori ostida yosh kitobxon onalar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 🎯 Tadbir davomida ishtirokchilarga turli yo‘nalishlarga oid mantiqiy, qiziqarli va bilimni sinovdan o‘tkazuvchi savollar berildi. Yosh kitobxon onalar o‘zlarining topqirligi, tezkor fikrlashi, keng dunyoqarashi hamda jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. 📖 Ayniqsa, savollarga javob topishda kitob va mutolaaning inson tafakkurini boyitishdagi o‘rni yaqqol namoyon bo‘ldi. Bellashuv ishtirokchilarda nafaqat bilimga bo‘lgan qiziqishni, balki kitob o‘qishga bo‘lgan mehrni ham yanada oshirdi. 🤝 Tadbir samimiy, ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tdi. Bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni izlanishga, mustaqil fikrlashga va yangi bilimlarni egallashga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.