Joriy yilning 2026-yil 9-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbir davomida aholiga kitob o‘qishning inson hayotidagi o‘rni, uning dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasining asosiy maqsadi — aholining kundalik hayotida mutolaa uchun imkoniyat yaratish, kitobni insonning eng yaqin hamrohiga aylantirish va jamiyatda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirishdan iborat. Targ‘ibot jarayonida ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazi xizmatlaridan foydalanish, kutubxonaga a’zo bo‘lish va kerakli adabiyotlarni mutolaa qilish imkoniyatlari haqida ham ma’lumotlar berildi. 📚 Zero, kitob o‘qigan insonning fikri teran, dunyoqarashi keng va ma’naviy olami boy bo‘ladi. Mutolaa — bilim sari, ma’rifat sari, yuksak kelajak sari olib boruvchi eng muhim qadamlardan biridir.