Koʻchma kutubxona

Joriy yilning 10-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari almashtirildi. Ko‘chma kutubxona fondi kitobxonlarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli janrdagi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Ushbu tashabbus o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. 📖 Kitob — bilim manbai, mutolaa esa kamolot sari yo'l