🖥2026-yil 11-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 16-maktab kutubxonasining faoliyatini o‘rganish va uslubiy tavsiyalar berish maqsadida tashrif amalga oshirildi. 🗣️Tashrif davomida kutubxona fondining joylashtirilishi, hujjatlarning yuritilishi, kitoblarni hisobga olish va saqlash holati hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni ko‘rib chiqildi. 📖 O‘rganish davomida kutubxona faoliyati tartibli yo‘lga qo‘yilgani, fond va hujjatlar belgilangan talablar asosida yuritilayotgani aniqlandi. Shuningdek, o‘quvchilarni mutolaaga jalb etish va kitob targ‘ibotini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.