📚Joriy yilning 11-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Gulzor MFY hududida joylashgan 19- maktab kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi. 📖 Ko‘chma kutubxona fondini yangilashdan asosiy maqsad — o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yangi va mazmunli adabiyotlar bilan ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishdan iborat. Yangilangan adabiyotlar orasidan badiiy, ilmiy-ommabop, ma’rifiy hamda bolalar adabiyotlariga alohida o‘rin berildi. Turli yoshdagi kitobxonlarning qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tanlangan kitoblar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. 📚 Kitob — inson tafakkurini boyituvchi, ma’naviyatini yuksaltiruvchi bebaho manba. Shu bois ko‘chma kutubxonalar orqali kitoblarni kitobxonga yanada yaqinlashtirish, mutolaa muhitini kengaytirish va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda