Siyosiy - ma'tifat soati

📣Joriy yilning 11-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi. 🖥 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Serbiya Respublikasiga tashrifi doirasidagi muhim yangiliklar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, jamiyat hayotidagi muhim voqealar hamda bugungi kunning dolzarb masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 🔰 Mazkur “Siyosiy-ma’rifat soati” xodimlarning siyosiy-huquqiy bilim va dunyoqarashini oshirish, mamlakatimizda hamda xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim voqea va jarayonlardan xabardorligini ta’minlashga xizmat qiladi.