Koʻchma kutubxona

Joriy yilning 14-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikum kutubxonasida ko‘chma kutubxona faoliyatini yanada boyitish va kitobxonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida navbatdagi "Kitob - qalblarni ezgulikka chorlaydi" mavzusida sayyor tadbir hamda bibliografik sharh tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida ko‘chma kutubxona fondidagi adabiyotlar qayta ko‘rib chiqilib, yangi va mazmunan boy kitoblar bilan yangilandi. Badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar, ma’rifiy hamda yoshlarning qiziqishlariga mos kitoblar ko‘chma kutubxona javonlaridan joy oldi. 📖Sayyor tadbir jarayonida texnikum o‘quvchilariga mavjud adabiyotlar haqida ma’lumot berilib, kitob tanlash, muntazam mutolaa qilish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishda kitobning o‘rni haqida suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, kitobxonlarga kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.