📚Joriy yilning 14-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Toshkent MFY hududida joylashgan 6-maktab o‘quvchilari ishtirokida "Kitob bilan do‘stlashamiz" mavzusida kitob ko‘rgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni badiiy va ma’rifiy adabiyotlarni o‘qishga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida o‘quvchilar e’tiboriga turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommabop, ma’rifiy va bolalar adabiyotlaridan tashkil topgan kitob ko‘rgazmasi taqdim etildi. Kutubxona xodimlari tomonidan kitoblarning mazmun-mohiyati, ularning yoshlar dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan kitobning inson hayotidagi o‘rni, muntazam mutolaaning bilim va tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati xususida suhbatlar o‘tkazildi. Yosh kitobxonlar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari haqida fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.