Joriy yilning 15-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Tinchlik bering dunyoga” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma burchagi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan tinchlik, osoyishtalik, do‘stlik, hamjihatlik va insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy hamda ma’rifiy adabiyotlar o‘rin oldi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — kitobxonlar, ayniqsa, yosh avlod qalbida tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, Vatanga muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat. Tinchlik — taraqqiyot va farovon hayotning mustahkam poydevoridir. Tinch yurtda ilm olish, kitob mutolaa qilish, ezgu orzular sari intilish va kelajakni bunyod etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shu bois tinchlikni asrash va qadrlash har bir insonning muqaddas burchidir. 📖 Ko‘rgazmaga joylashtirilgan kitoblar kitobxonlarni tinchlikning bebaho ne’mat ekanini anglashga, ezgulik va bunyodkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi.