Joriy yilning 15-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Uch avlod uchrashuvi” loyihasi doirasida “Ularning hayoti — biz uchun ibrat” mavzusida mazmunli va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda nuroniy bobomiz, hayotiy tajribasi va boy dunyoqarashi bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Qodirov Abdug‘ofur Sattorovich ishtirok etdi. Tadbir davomida faxriy otaxon o‘zining hayot so‘qmoqlari, bosib o‘tgan mashaqqatli va sharafli yo‘llari, mehnat faoliyati hamda hayot davomida orttirgan tajribalari haqida samimiy so‘zlab berdi. Suhbat davomida yoshlarga halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, Vatanga sadoqat kabi ezgu fazilatlarning inson hayotidagi o‘rni haqida qimmatli fikrlar bildirildi. Nuroniy otaxonning hayotiy misollarga boy hikoyalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. ✔️Uch avlod vakillarining bunday uchrashuvlari milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, katta avlodning hayotiy tajribasini yoshlar bilan baham ko‘rish, avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.