📚2026-yil 16-sentabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni mutolaaga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ochiq osmon ostida kutubxona” loyihasi doirasida “Ochiq osmon ostida kitobxonlar maskani” mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Ochiq osmon bagʻrida tashkil etilgan mazkur koʻrgazma kitobxonlar uchun o‘ziga xos mutolaa maskaniga aylandi. Koʻrgazmadan turli janrdagi badiiy adabiyotlar, jahon va oʻzbek adabiyoti namunalari, maʼnaviy-maʼrifiy kitoblar oʻrin oldi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari ishtirokchilarga kitob mutolaasining inson dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini boyitish va maʼnaviy kamolotidagi ahamiyati haqida maʼlumotlar berdilar. Shuningdek, kitobxonlarga yosh va qiziqishlariga mos adabiyotlar tavsiya qilinib, kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish boʻyicha tushuntirishlar berildi.