2026-yil 16-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 19-maktab kutubxonasiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi. 🗣️Tashrif davomida kutubxonaning ish faoliyati o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kitob fondini tartibga keltirish, kitoblarni hisobga olish va joylashtirish hamda kutubxona hujjatlarini yuritish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarni kutubxonaga jalb etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va kutubxona faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar berildi.