Joriy yilning 17-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi, atoqli adib va mohir so‘z san’atkori Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlab “Qalam bilan haqiqatni kuylagan adib — Abdulla Qahhor” mavzusida kitob va rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmadan adibning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasi hamda uning qalamiga mansub sara asarlaridan namunalar o‘rin oldi.