📚Joriy yilning 18-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan YTT “Jaynaqova Nasiba Ergashevna” ONMTTga qarashli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun “Ertaklar bilan ulg‘aygan bolalik” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi. Ko‘rgazmadan bolajonlarning yoshiga mos bo‘lgan turli xil ertak kitoblari, rang-barang bolalar adabiyotlari hamda qiziqarli hikoyalar o‘rin oldi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, ertaklarning bolalar dunyoqarashini kengaytirish, tasavvurini boyitish va ezgulik, do‘stlik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, bolajonlarga o‘zbek xalq ertaklaridan namunalar haqida ma’lumotlar berilib, kitoblarni asrab-avaylash, undan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Ertak qahramonlari misolida yaxshilik va yomonlik, halollik va mehnatsevarlik, do‘stlik va mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlar haqida suhbat olib borildi. Tadbir davomida kichik kitobxonlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblarni katta qiziqish bilan tomosha qilib, o‘zlari sevgan ertak qahramonlari haqida fikrlarini bildirdilar.