Bibliografik_sharx

🖥2026-yil 18-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 4-maktabda atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qahhor ijodiga bag‘ishlangan “Ustoz adib merosi - qalblarda mangu” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi. 🗣Ko‘rgazmada Abdulla Qahhorning hayoti va ijodiy faoliyati, uning mashhur asarlari aks ettirilgan kitoblar namoyish etildi. Shuningdek, kitobxonlarga adibning “Anor”, “O‘tmishdan ertaklar” hamda “Asror bobo” asarlari yuzasidan bibliografik sharh berildi. Asarlarning mazmun-mohiyati, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari hamda kitobxonlar uchun ahamiyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Ko‘rgazma davomida o‘quvchilarga Abdulla Qahhor asarlarini mutolaa qilish tavsiya etilib, adibning boy ijodiy merosi haqida tushunchalar berildi.