🖥Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib, kutubxona faoliyatining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelgan Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Suleymenova Tamara Hakimovnani nafaqaga kuzatish marosimi tantanali ravishda tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida Tamara Hakimovnaning ko‘p yillik mehnat faoliyati, jamoa oldidagi xizmatlari hamda kutubxonachilik sohasiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. Tadbirda markaz jamoasi tomonidan Suleymenova Tamara Hakimovnaga uzoq yillar davomida olib borgan samarali mehnati uchun minnatdorlik bildirilib, nafaqadagi hayotida mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, fayz-baraka va farovonlik tilaklari izhor etildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga hurmat ramzi sifatida Tamara Hakimovnaga milliy an’analarimizni aks ettiruvchi bejirim chopon kiydirildi. Samimiy tilaklar va ezgu duolar bilan Tamara Hakimovna tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.