📚Joriy yilning 21-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” MFYda joylashgan “Sihat Salomatlik Farm” MCHJga qarashli shaxsiy kutubxona fondini boyitish va kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida ko'chma kutubxona va sayyor tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida mazkur shaxsiy kutubxona fondi yangi badiiy adabiyotlar bilan yangilanib, kitobxonlar uchun mutolaa imkoniyatlari kengaytirildi. Kutubxona xodimlari tomonidan turli mavzulardagi badiiy asarlar, mazmunan boy va kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otadigan adabiyotlar tavsiya etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga kitobning inson ma’naviy olamini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. “Kitob — bilim va tafakkur manbai” g‘oyasi asosida mutolaa qilishning foydali jihatlari targ‘ib qilindi. ✔️Bunday sayyor tadbirlar orqali kutubxona xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish, tashkilot va muassasalardagi shaxsiy kutubxonalarni yangi adabiyotlar bilan muntazam boyitish hamda aholining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.