Ko'rgazma

Joriy yilning 22-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Mirzacho‘l tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosida “Kitob o‘qigan mahalla — kelajagi porloq mahalla” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, targ‘ibot ishlari olib borildi. Ko‘rgazmada turli janrdagi badiiy adabiyotlar shuningdek, kitobxonlarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi sara asarlar namoyish etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, ma’naviy dunyoqarashni boyitish, bilim va tafakkurni yuksaltirishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish hamda oilalarda mutolaa muhitini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Kitobxonlik — ma’naviy yuksalish va taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. Zero, kitob o‘qigan, bilimga intilgan mahalla aholisi bilan kelajak sari dadil qadam tashlaydi.