Joriy yilning 23-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumning ayol-qizlari ishtirokida “Ayol ilmli bo‘lsa — millat ilmli bo‘ladi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ayol-qizlarning ta’lim olishi, ilm-ma’rifatga intilishi, kitob mutolaasi orqali dunyoqarashini kengaytirishi va jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, bugungi kunda bilimli, ma’rifatli va faol yosh ayollarni tarbiyalash kelajak avlod kamoloti uchun muhim omil ekani ta’kidlandi. Suhbat jarayonida kitobning inson ma’naviyati va tafakkurini yuksaltirishdagi beqiyos o‘rni haqida ham so‘z yuritilib, ayol-qizlarga turli mavzulardagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya qilindi. Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar, fikr almashuvlar va samimiy muloqotlar ruhida o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarda ilm olish, kitob o‘qish va doimo izlanishda bo‘lishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.