📚Joriy yilning 23-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikum talabalari uchun milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi “Milliy merosimiz — kelajak avlodga tuhfa” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan xalqimizning boy tarixi, milliy urf-odat va an’analari, ajdodlarimizning bebaho ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz hamda Vatanga muhabbat, insonparvarlik, ezgulik va ma’rifat g‘oyalarini tarannum etuvchi badiiy va ilmiy adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida talabalarga ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar haqida ma’lumotlar berilib, milliy merosimizni asrab-avaylash, uni chuqur o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish har birimizning muhim vazifamiz ekanligi ta’kidlandi. 📖 Kitob — ajdodlar merosini anglash, milliy o‘zlikni tanish va ma’naviy kamolot sari eltuvchi bebaho manbadir. Milliy merosimizni o‘rganaylik, qadriyatlarimizni asraylik va uni kelajak avlodga munosib tuhfa etaylik!