Joriy yilning 24-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Ommaviy madaniyatning milliy ma’naviyatga ta’siri” mavzusida ma’naviyat soati tashkil etildi. Tadbir davomida bugungi globallashuv davrida ommaviy madaniyatning jamiyat hayotiga ta’siri, uning yoshlar dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy qarashlari va milliy qadriyatlarga munosabati bilan bog‘liq jihatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, milliy o‘zlikni anglash, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, kitobxonlik va ma’rifat orqali yuksak ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ma’naviyat soati yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrash va ma’naviy yetuklikni yuksaltirish har bir insonning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladilar.