Kitob taqdimoti

🖥Joriy yilning 24-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, ularning dunyoqarashi va bilim doirasini yanada kengaytirish maqsadida Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari” asari taqdimoti tashkil etildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Mirzacho‘l tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Qodirova Xafiza Erkinovna, axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar. Taqdimot davomida “Dunyo mamlakatlari” asarining mazmun-mohiyati, unda yoritilgan mavzular va kitobxonlar uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Asarda dunyo mamlakatlari, ularning o‘ziga xos jihatlari, tarixi, madaniyati va geografiyasiga oid ma’lumotlar jamlangani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari asar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, kitobning yoshlar hamda keng kitobxonlar ommasining bilim va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.