📚Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida “Bir adib” loyihasi doirasida O‘zbek adabiyotining taniqli namoyandasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov ijodiga bag‘ishlangan “Tarix saboqlari va adib mahorati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot berilib, adibning “Uch ildiz”, “Qora ko‘zlar”, “Olmos kamar”, “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”, “Ona lochin nidosi” kabi romanlari hamda boshqa asarlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni” romanlarida aks etgan tarixiy voqealar, Boburiylar sulolasi vakillarining hayoti, Vatan, xalq taqdiri, insoniylik va ma’naviy qadriyatlar kabi mavzular yuzasidan batafsil sharhlar berildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilarga adibning tarixiy haqiqatni badiiy mahorat bilan yoritishi, qahramonlar ruhiyati va xarakterini tasvirlashdagi o‘ziga xos uslubi haqida tushunchalar berildi. Tadbir ishtirokchilari Pirimqul Qodirov ijodiga oid fikrlarini bildirib, asarlar yuzasidan o‘zaro savol-javob va munozaralarda faol qatnashdilar. Tadbir yakunida o‘quvchilarni milliy adabiyotimizning nodir namunalarini mutolaa qilishga, tarixiy asarlar orqali ajdodlarimiz hayoti va ma’naviy merosini chuqurroq o‘rganishga chaqirildi.