📚Joriy yilning 25-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Jamiyat barqarorligiga tahdid” shiori ostida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — har bir xodimning burchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti va davlat boshqaruviga salbiy ta’siri, uning oldini olish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda xodimlarning huquqiy va fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Suhbat jarayonida har bir xodim o‘z faoliyatida qonuniylik, halollik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilishi, xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Davra suhbati yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va poklikni kundalik faoliyatning asosiy mezoniga aylantirish borasida tegishli tavsiyalar berildi. Halollik, qonuniylik va mas’uliyat — jamiyat barqarorligining muhim omilidir.