📚Joriy yilning 28- sentabr kuni Mirzacho‘l tumani 2-son texnikumida Kitobxonlik haftaligi doirasida talabalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish maqsadida “So‘z va tafakkur” bellashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, yoshlar bilan birgalikda kitobxonlik, mutolaa va ma’naviy-ma’rifiy mavzularda fikr almashdilar. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli savol va topshiriqlar orqali o‘zlarining bilim, dunyoqarash va intellektual salohiyatlarini namoyish etdilar. Qiziqarli va mazmunli shartlar ishtirokchilarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi. Bu esa tadbirga yanada ko‘tarinki ruh va o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbir qiziqarli, mazmunli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilib, ishtirokchilarga kitob va mutolaaning inson tafakkuri hamda ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida yana bir bor chuqur taassurot qoldirdi.