“DIREKTOR SOVRINI–3” TANLOVI YAKUNLANDI ✨Joriy yilning 29-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar o‘rtasida kitob mutolaasini targ‘ib qilish, yoshlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Direktor sovrini–3” loyihasi doirasida tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkazildi. ✨Tanlovda ishtirokchilar belgilangan “Galaktikada bir kun”, “Yulduzlar mangu yonadi”, “Mehrobdan chayon”, “Shirin qovunlar mamlakati” asarlari yuzasidan o‘z bilim va fikrlarini namoyon etdilar. Tanlov jarayonida ishtirokchilarning asarlar mazmunini bilishi, tahliliy fikrlashi, savollarga tezkor va aniq javob berishi hamda o‘z fikrini erkin ifoda etish qobiliyatlari baholandi. Tanlov yakuniga ko‘ra faxrli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: 🥇 1-o‘rin — Adanov Davron 🥈 2-o‘rin — Abduvoitova Fotima 🥉 3-o‘rin — Tugalov Abdurazzoq Tanlov g‘oliblari Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi rahbariyati tomonidan munosib ravishda taqdirlandilar. “Direktor sovrini–3” loyihasi yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda bilim va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.