🖥Joriy yilning 30-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 16-maktab o'quvchilari ishtirokida “Ma’rifat manzili” mavzusida bibliografik sharh o‘tkazildi. 🗣️Bibliografik sharh davomida kitobxonlarga ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va inson kamolotiga bag‘ishlangan quyidagi asarlar tanishtirildi: Abdulla Avloniy — “Turkiy guliston yoxud axloq” Abdulla Qodiriy — “O‘tkan kunlar” Cho‘lpon — “Kecha va kunduz” O‘tkir Hoshimov — “Dunyoning ishlari” Mazkur asarlarning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va kitobxonlar uchun foydali jihatlari haqida qisqacha ma’lumot berildi. Ishtirokchilarni ushbu asarlarni mutolaa qilishga tavsiya etildi.