Mahorat darsi

🖥Joriy yilning 30-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kutubxonachilik sohasi tarixi hamda uning rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Kutubxonalar tarixi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 🗣️Mahorat darsi davomida kutubxonalarning qadimdan shakllanish tarixi, dastlabki kutubxonalar, ularning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni hamda bugungi zamonaviy axborot-kutubxona markazlarigacha bo‘lgan rivojlanish jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kutubxonachilik kasbining rivojlanishi, kitob va axborot resurslarini asrash, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda zamonaviy kutubxonalar faoliyatining o‘ziga xos jihatlari yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.