Davra suhbati

📚Joriy yilning 30-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Gʻalaba MFY aholisiga jadidlar merosiga bag‘ishlangan “Qatag‘on qurbonlari — xalqimiz xotirasida mangu” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida XX asr boshlarida xalqimizning ma’rifati, milliy tafakkuri va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona faoliyat olib borgan jadid bobolarimizning hayoti va boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritildi. Ularning ilm-ma’rifat, milliy uyg‘onish, ozodlik va taraqqiyot yo‘lidagi ezgu g‘oyalari bugungi avlod uchun ham muhim ma’naviy saboq ekani ta’kidlandi. Shuningdek, qatag‘on yillarida nohaq ta’qib va zulmga uchragan ziyolilar, adiblar, olimlar hamda ma’rifatparvar ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Ularning nomlarini yod etish, tarixiy xotirani asrash va yosh avlod qalbida ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirish muhim vazifa ekanligi qayd etildi. Davra suhbatida jadidlar tomonidan yaratilgan asarlar, ularning ilmiy-ma’rifiy qarashlari hamda xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z mulohazalarini o‘rtaga tashlab, jadidlar merosini o‘rganish va uni keng targ‘ib etish zarurligini ta’kidladilar.