2026-yil 2-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay birga o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi. 🗣️Tadbir davomida aholiga kitob mutolaasining inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Turli janrdagi badiiy adabiyotlar, zamonaviy asarlar hamda qiziqarli kitoblar tavsiya qilinib, ularni muntazam mutolaa qilishga chaqirildi. Shuningdek, fuqarolarga axborot-kutubxona markazining xizmatlari, kutubxonaga a’zo bo‘lish, kerakli adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi. Ayniqsa, yo‘l-yo‘lakay, bo‘sh vaqtning qisqa daqiqalaridan unumli foydalanib, kitob o‘qish odatini shakllantirishning foydali jihatlari ta’kidlandi.