Koʻchma_kutubxona

Joriy yilning 5 -oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ipak yo‘li MFY hududida joylashgan 4-maktab kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi. 📖 Tadbir davomida o‘quvchilarning yosh va qiziqishlariga mos bo‘lgan badiiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda bolalar adabiyotlari ko‘chma kutubxona fondiga joylashtirildi. Yangi adabiyotlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va mutolaa madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, kutubxona xodimlari tomonidan o‘quvchilarga yangi kelgan adabiyotlar haqida ma’lumot berilib, kitoblarni muntazam mutolaa qilish, ulardan unumli foydalanish va kitobxonlik madaniyatiga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.