Davra suhbati

📚Joriy yilning 7-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markaziga 15-maktabning 5-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida o‘quvchilar uchun kutubxona xodimlari tomonidan “Kitob bilan do‘stlashaylik” nomli davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida bolalar adabiyoti, ertaklar, hikoyalar hamda o‘quvchilarning yoshiga mos turli qiziqarli badiiy asarlar haqida so‘z yuritildi. 🖥Tadbir jarayonida o‘quvchilarga kutubxonaning faoliyati, undan foydalanish tartibi, kitoblarni asrab-avaylash va mutolaa qilishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga o‘zlari qiziqqan kitoblarni tanlash va mutolaa qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. ✔️Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlodda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat. Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va bilim olishning muhim manbai. Yoshlarni kitob bilan do‘stlashtirish esa ularning ma’naviy va intellektual rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.