📚Joriy yilning 7-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimi hamda Mirzacho‘l tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida “Har bir insonning huquqi davlat himoyasidadir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish, inson huquq va erkinliklarining qonun bilan kafolatlanganligini keng targ‘ib etish, yoshlar va aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbatida inson huquqlari, qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida Mirzacho‘l tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va huquqiy masalalarda murojaat qilish tartiblari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli javob va tavsiyalar oldilar. Tadbir yakunida har bir fuqaro o‘z huquqlarini bilishi, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shishi muhim ekani ta’kidlandi.