Koʻrgazma

Joriy yilning 8-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari uchun “Kitob o‘qigan inson — yuksak tafakkur egasi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir davomida kitobxonlikning inson ma’naviyati va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni, badiiy adabiyotning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tarbiyachilarni muntazam kitob mutolaa qilishga, o‘z ustida ishlashga va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga chaqirildi. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan badiiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda bolalar adabiyotlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. 📖 Kitob — inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi va ma’naviy kamolot sari yetaklaydi!