Viktorina_oʻyini

Joriy yilning 8-oktyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Mirzacho‘l tuman 1-son texnikumi da talaba-yoshlar ishtirokida yoshlarning bilim va dunyoqarashini yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik va intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida “KITOBXONLAR CHARXPALAGI" viktorina savol-javob o‘yinining navbatdagi bosqichi tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida "Bilimdonlar" va "Kitobxonlar" jamoalari turli yo‘nalishlarga oid qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berib , o‘z bilim va topqirliklarini namoyon etdilar. Viktorina jarayonida ishtirokchilar tezkor fikrlash, hozirjavoblik, jamoaviy hamkorlik va mantiqiy mushohada yuritish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechgan bellashuv yoshlar uchun nafaqat bilimlarini mustahkamlash, balki o‘zaro fikr almashish va yangi bilimlarni egallash uchun ham yaxshi imkoniyat yaratdi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar e’tirof etilib, yoshlarni mutolaa qilish, izlanish va intellektual salohiyatini oshirishga doimo intilishlari ta’kidlandi va sovgʻalar bilan taqdirlandi