Bibliografik_sharh

Joriy yilning 9-oktabr kuni Mirzacho‘l tumani O‘zbek-Qozoq madaniyat markazida yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Tadbirda Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari O. Qo‘ldoshev va boshqa mas’ullar, shuningdek faol yoshlar ishtirok etib, kitobxonlikning inson ma’naviyati va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yoshlarni muntazam kitob mutolaa qilishga, zamonaviy kasblar va ilmiy adabiyotlarni o‘rganishga chaqirildi. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan badiiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar ishtirokchilar va yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. 📖 Kitob — inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi va ma’naviy kamolot sari yetaklaydi!