Koʻchma_kutubxona

Joriy yilning 12-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” mahallasida joylashgan “Sihat Salomatlik Farm” MCHJga qarashli shaxsiy kutubxona bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi. Tadbir davomida ko‘chma kutubxona fondiga bolalar hamda kattalar uchun mo‘ljallangan saralangan adabiyotlar joylashtirilib, kitobxonlar uchun mutolaa imkoniyatlari yanada kengaytirildi. Mazkur tashabbus aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda insonlarning ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek,ushbu ko‘chma kutubxonani muntazam ravishda yangi va mazmunli adabiyotlar bilan boyitib borish orqali kitobxonlarga yanada qulay sharoit yaratish va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish ko‘zda tutilgan.