Joriy yilning 12-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Madaniyat muzeyida aholi ishtirokida milliy an’analarimizni aks ettiruvchi “Urf-odatlarimiz — millat ko‘zgusi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Mazkur ko‘rgazmadan xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, qadimiy marosimlari hamda o‘zbek xalqining betakror ma’naviy dunyosini aks ettiruvchi kitoblar o‘rin oldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga milliy urf-odatlarimizning mazmun-mohiyati, ularni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish hamda yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. ✔️Zero, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimiz — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, ma’naviyati va o‘zligining yorqin ifodasidir. Ularni o‘rganish, qadrlash va davom ettirish har birimizning muqaddas burchimizdir. Milliy qadriyatlarimiz — ma’naviy boyligimiz, urf-odatlarimiz esa millatimiz ko‘zgusidir.