Joriy yilning 12-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Kelajak” markazi o‘quvchilari ishtirokida “Ertaklar olami — bolalar tasavvurining qanoti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ertaklar orqali ezgulik, mehr-oqibat, do‘stlik, halollik va mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ertaklarning bolalarni dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni, ularning boy tasavvurga ega bo‘lishi hamda yaxshilik va yomonlikni farqlashni o‘rganishidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilar o‘zlari sevib o‘qigan ertaklari, sevimli qahramonlari va ulardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, bolalarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ertak kitoblarini muntazam o‘qishga rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Zero, ertaklar — bolalik olamining sehrli eshigi, kitob esa ana shu olamga eltuvchi eng yorqin yo‘ldir!