Diktant

Joriy yilning 12-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarorining 7-band "g" kichik bandi ijrosini ta’minlash maqsadida barcha xodimlardan Nizom asosida diktant olindi. 🗣️ Sinov jarayonining asosiy maqsadi — xodimlarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalarini va imlo qoidalariga rioya etish darajasini aniqlash hamda ularning kasbiy mahoratini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishchi guruh raisi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Mirzacho'l tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi Qodirova Xafiza hamda ishchi guruh a'zosi Yoshlar ishlari agentligi xodimasi Namozova Nargiza xodimlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi hamda amaldagi imlo qoidalariga muvofiq berilgan matnni yozib, xodimlarning bilim va savodxonlik darajalarini sinovdan o‘tkazdilar. ✔️ Zero, davlat tili — millatimiz g‘ururi, ma’naviyatimiz ko‘zgusidir. Rasmiy hujjatlar va kundalik faoliyatda imlo qoidalariga qat’iy rioya etish, tilimizning sofligini asrash har birimizning muqaddas burchimizdir.