Joriy yilning 2026-yil 13-oktabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mustaqillik" mahallasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondidagi adabiyotlar yangilandi. 🗣️Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla aholisining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish hamda yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iboratdir. Kitobxonlarning talab va ehtiyojlari inobatga olingan holda, ko‘chma kutubxona javonlari milliy va jahon adabiyotining sara asarlari hamda bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan badiiy kitoblar bilan to‘ldirildi. Ushbu xizmat orqali mahalla fuqarolariga, xususan, nuroniylar va o‘quvchi-yoshlarga o‘z yashash hududidan uzoqlashmagan holda zarur adabiyotlardan mutolaa maqsadida foydalanish uchun keng qulayliklar yaratilmoqda.