Koʻchma_kutubxona

Joriy yilning 13-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasidagi 9-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona kitoblari almashtirildi. 🗣️Shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy dunyosi va dunyoqarashini boyitish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, bilim olish va mustaqil fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilarga ko‘proq kitob o‘qish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobni doimiy hamrohga aylantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 📖 Kitob — bilim manbai, ma’naviyat chirog‘i va kelajak poydevoridir!