Koʻchma

Joriy yilning 14-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Gulzor” mahallasidagi 19-maktabda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari almashtirildi. 🗣️ Tadbir davomida ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan yangilanib, o‘quvchilarning badiiy kitoblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kitobxonlikka keng jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. Kitoblar almashinuvi orqali o‘quvchilarga yangi asarlarni mutolaa qilish, bilim va dunyoqarashlarini boyitish uchun keng imkoniyat yaratildi. ✔️Zero, kitob — bilim manbai, ma’naviyat chirog‘i va yorug‘ kelajak poydevoridir!