Joriy yilning 14-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida “Ayol ilmli bo‘lsa — millat ilmli bo‘ladi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️ Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, ular o‘rtasida ilm-ma’rifat va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlod tarbiyasida bilimli va ma’rifatli ayollarning ahamiyatini ochib berishdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida ilmli ayolning oila va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, farzandlar tarbiyasida kitob va bilimning ahamiyati, mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi beqiyos o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kitobxonlar o‘zaro fikr almashib, kitob o‘qishning inson hayotidagi ahamiyati xususida suhbatlashdilar. ✔️ Zero, ilmli ayol — ma’rifatli oilaning, ma’rifatli oila esa taraqqiy etgan jamiyatning poydevoridir!