Maʼrifat_soati

Joriy yilning 15-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Ming bir xazina” va “Har sahifada ming bir durdona” mavzularida ma’rifat soati tashkil etildi. 🗣️ Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati, mutolaaning yoshlar ma’naviy kamolotiga ta’siri haqida atroflicha fikr yuritildi. O‘quvchilarga kitobni sevish, undan oqilona foydalanish, muntazam mutolaa qilish va kitobxonlikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishning ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, sevimli asarlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Tadbir yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularni bilimli, ma’naviyatli va keng dunyoqarashli insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi. ✔️Zero, kitob — bilimlar xazinasi, mutolaa esa kamolot sari eltuvchi yorug‘ yo‘ldir!